«Vest Bromvich» yarim himoyachisi o‘rtoqlik uchrashuvida raqibining yuziga musht tushirdi (video)
«Vest Bromvich» yarim himoyachisi Jeyson Molumbi o‘rtoqlik uchrashuvida «Malyorka» yarim himoyachisi Samuel Kostaning yuziga musht tushirdi.
Irlandiyalik futbolchi portugaliyalik futbolchining unga nisbatan qo‘polligidan norozi bo‘lgan, shundan so‘ng futbolchilar o‘zaro tortishib qolgan va provokasiyalar qilishgan. Natijada Molumbi raqibining yuziga musht tushirdi va maydondan chetlatildi.
Uchrashuv 1:0 hisobida «Malyorka» foydasiga hal bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/