Pulishich: «Birinchi mavsum ajoyib o‘tdi»

Amerikalik futbolchi Kristian Pulishich «rossonerilar» safiga o‘tgan yilning iyul oyida Londonning «Chelsi»sidan ko‘chib o‘tgan edi.

Futbolchi Italiyadagi debyut mavsumini ajoyib o‘tkazdi va barcha musobaqalarda «Milan» safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Yangi klubga mahalliy tilni bilmasdan kelganingda doim qiyin bo‘ladi, ammo «Milan»da birinchi kunlardanoq meni qo‘llab-quvvatlab, bor e’tiborimni futbol o‘ynashga qaratishga imkon berishdi. Shaxsan men uchun bu yerda birinchi mavsum ajoyib o‘tdi, lekin asosiy maqsad o‘yinlar va sovrinlarni yutish.

Umid qilamanki, yangi mavsumda men bundan ham ko‘proq yutuqlarga erisha olaman va jamoamning muvaffaqiyatga erishishida yordam bera olaman», – deya 25 yoshli futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter