Dovbik «Atletiko» taklifini rad etib, «Roma»ga o‘tadigan bo‘ldi

«Roma» Artyom Dovbik uchun «Jirona»ga taklif bilan chiqdi.

Sky Sport nashri xabariga ko‘ra, rimliklarning taklifi 32 million yevro va bonuslarni tashkil qiladi. Avvalroq Dovbik «Roma» bilan shartnoma borasida kelishib olgandi.

Qolaversa, forvard «Atletiko»ning taklifini rad etgani ham qayd etilgan.

O‘tgan mavsumda Dovbik barcha musobaqalarda 41ta o‘yinda ishtirok etib, 25ta gol urdi va 10ta golga assistentlik qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter