Parij-2024. O‘zbekistonning ertaga qaysi libosda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ertaga Parij Olimpiadasidagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

«Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

Uchrashuvni esa afrikalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Beida Dahane (Mavritaniya), unga qanotlarda Jerson Santos (Angola) va Stefan Yiyembe (Keniya) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Dryuv Fischerga (Kanada) topshirilgan. Lahlo Benbraham (Jazoir) esa VARda faoliyat olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Ispaniya o‘rtasidagi o‘yin 24 iyul soat 18:00 da «Park de Prens» stadionida start oladi», deya xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter