Kel: «Mavsumni to‘rtta hujumchi bilan boshlash ideal holat emas»
Dortmundning «Borussiya» klubi sport direktori lavozimini egallab turgan Sebastyan Kel hujumchi Niklas Fyullkrugning sotilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
Germaniya terma jamoasining 31 yoshli futbolchisiga «Milan» va «Atletiko Madrid» klublari qiziqmoqda.
Yaqinda Seru Girassining «Borussiya»ga kelishi, «asalarilar»ning yaqinda Fyullkrug bilan xayrlashishi ehtimolini oshirdi.
«Biz mavsumni to‘rtta hujumchi bilan boshlash ideal holat emasligini tushunamiz. Bu pozisiyada boshqa narsa bo‘lishi mumkin.
Albatta, men Niklas bilan gaplashdim. Bizning barcha futbolchilarimiz shijoatli, raqobat ham juda muhim», – dedi Kel.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/