Lunin oldida ikkita variant yuzaga keldi

Darvozabon Andrey Lunin yozgi transfer oynasida “Real”ni tark etishi mumkin.

Ukrainalik futbolchi ko‘proq o‘yin vaqti bo‘ladigan jamoada qolishni xohlaydi. Tibo Kurtua qayta tiklanganidan so‘ng, Luninning Madriddagi istiqbollari noaniq ko‘rinish oldi.

Todofichajes xabariga ko‘ra, 25 yoshli Luninga Angliya premyer-ligasidan ikkita taklif bor. Demak, ukrainalik darvozabon «Manchester Yunayted» yoki «Aston Villa»da o‘ynashi mumkin.

Manchesterda Andre Onananing o‘yinlaridan norozilik kayfiyati yuzaga kelgan, Birmingemda esa Emiliano Martinesning yozda ketishiga ruxsat beriladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter