«Manchester Siti» o‘z futbolchisi uchun «Borussiya»dan ko‘proq mablag‘ talab qilmoqda
Yan Kouto «Manchester Siti»ni tark etib, Dortmundning «Borussiya» jamoasiga o‘tishi mumkin.
Dortmund klubi braziliyalik o‘ng qanot himoyachisiga qiziqish bildirmoqda va u bilan og‘zaki kelishuvga erishdi, deya xabar beradi Sky Sport nashri.
«Borussiya» 22 yoshli futbolchi uchun 20-25 million yevro to‘lashga tayyor, «shaharliklar» esa bundan ham yuqoriroq summani talab qilishmoqda. Muzokaralar davom etmoqda.
Kouto so‘nggi ikki mavsumni «Jirona»da ijara asosida o‘tkazdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/