Karvaxal: «Umid qilamanki, ispaniyalik futbolchi sovrinni oladi»

Daniel Karvaxal «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholadi.

O‘tgan mavsumda 32 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasi bilan Yevro, shuningdek, «Real» bilan La Liga va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi.

«Umid qilamanki, ispaniyalik futbolchi sovrinni oladi. Ispaniya futboli bunga loyiq. Men bu sodir bo‘lishini juda xohlardim.

O‘ylaymanki, nafaqat bu mavsumda qo‘lga kiritgan unvonlarim uchun, balki o‘yinim uchun ham davogarlar qatorida bo‘lishim mumkin edi.

Lekin men bu haqda o‘ylamayman», – deydi Ispaniya terma jamoasi himoyachisi.

Goal reytingiga ko‘ra, Karvaxal «Oltin to‘p»ga nomzodlar beshligidan joy olgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter