Alkaras: «Endi futbol tomosha qilaylik»

Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaras bugun futbol tomosha qilishi va Ispaniya terma jamoasini olqishlashini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Alkaras yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan «Uimbldon» finalida dunyoning ikkinchi raketkasi Novak Jokovichni mag‘lub etib, g‘alaba qozongandi – buning uchun ispaniyalikka uchta set kerak bo‘ldi. 

«Bugun jamoa bilan futbol tomosha qilaman. Men o‘z vazifamni bajardim, endi futbol tomosha qilaylik», – dedi Alkaras o‘yin oxirida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter