«Siti» Edersonning maoshini 75 foizga oshirmoqchi
«Manchester Siti» darvozabon Edersonni Saudiya Arabistoniga qo‘yib yuborish niyatida emas.
Oy boshida braziliyalikning «An-Nasr» bilan kelishuvi haqida matbuotda ma’lumotlar paydo bo‘ldi. «Shaharliklar» darvozabon bilan xayrlashishni istashmayapti, shu bois u bilan kelajagini muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazishadi. SunSport xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» Edersonni ketmaslikka ko‘ndirish uchun unga maoshini sezilarli darajada oshirishni taklif qiladi – taxminan 75%. Muhokamalar keyingi haftaga rejalashtirilgan.
Edersonning ingliz grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Futbolchi avgust oyida 31 yoshga to‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/