«Milan» «Tottenxem»ga navbatdagi taklifini yubordi

«Milan» «Tottenxem»ning o‘ng qanot himoyachisi Emerson Royalni sotib olish ustida ishlashda davom etmoqda, deb yozadi Fabrisio Romano.

Tovon puli borasida hali kelishuv yo‘q, chunki «shporlar» 20 million yevrodan ko‘proq pul talab qilmoqda, «Milan» esa 15 milliondan kichikroq taklif qildi. Italiyaliklarning navbatdagi taklifi yuqoriroq va «Tottenxem» talablariga yaqinroq bo‘lishi kutilmoqda.

25 yoshli braziliyalik futbolchi «Milan» bilan 5 yilga mo‘ljallangan shaxsiy shartnomasi haqida kelishib oldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter