Keyn: «Mening rolim faqat gol urishdan iborat emas»

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn o‘ziga nisbatan qilingan tanqidlarga javob qaytardi.

Angliyaliklar Yevro-2024 yarim finaliga chiqishdi, ammo Garet Sautgeyt jamoasini tanqid qilish davom etmoqda.

Asosiy qurbonlardan biri sardor Keyn bo‘lib, u turnirda o‘zining kuchli tomonlarini ko‘rsatmadi. Yulduzni asosiy tarkibdan olib tashlash chaqiriqlari ham kuchaydi.

«Har kim o‘z fikrini bildirish huquqiga ega. Bilaman, har bir o‘yinda uchta gol urishimni hamma xohlaydi, o‘zim ham buni xohlayman, lekin bu har doim ham mumkin emas.

Yevro boshlanishidan oldin aytganimdek, men turnirga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganimni his qilyapman. O‘yinlar davom etar ekan, men yaxshilanib, keskinroq harakat qilaman. Oldinda yarim final, eng muhimi, albatta, bir-ikkita gol urib, finalga chiqishni istardim. Men har doim gol urishni xohlayman, lekin mening rolim faqat bundan iborat emas.

Shuningdek, men doimo himoyada yordam berishim, to‘psiz ishlashim, yetakchilik fazilatlarini ko‘rsatishim kerak», – deya Keynning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter