Sautgeyt: «Barqarorlik bizga kerakli sovringa erishishimizga yordam beradi»

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeytning fikricha, uning jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionatida g‘alaba qozonishi mumkin.

«Biz muntazam ravishda yirik turnirlarning oxirgi bosqichlariga chiqamiz va bu barqarorlik oxir-oqibat o‘zimiz xohlagan kubokga erishishimizga yordam beradi», – deya Sautgeytning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Bugun, 10 iyul kuni Angliya va Niderandiya terma jamoalari o‘rtasida Yevropa chempionati 1/2 final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter