Desham Fransiya terma jamoasi yetakchisi kimligini aytdi

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham terma jamoa darvozaboni Mayk Menyan haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu futbolchi nima uchun ajoyib ekanligini tushuntirishga hojat yo‘q. Menyan tarkibning yetakchisi. Endi u ko‘proq e’tiborga olindi, biroq uning iste’dodi anchadan beri ko‘zga tashlanmoqda», – deydi mutaxassis.

Yevro-2024 da 29 yoshli fransiyalik darvozabon beshta o‘yin o‘tkazib, ularning to‘rttasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionati yarim finalida Fransiya terma jamoasi Ispaniya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.

O‘yin Myunxendagi «Alyans-Arena»da bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter