Bellingemning ukasi kelasi mavsumni qaysi jamoada davom ettiri ma’lum bo‘ldi

“Real” yulduzi Jud Bellingemning ukasi, yarim himoyachi Job Bellingem kelasi mavsum uchun klubni tanladi. Fabrisio Romanoning yozishicha, Job «Sanderlend»da yana kamida bir mavsum qolishni rejalashtirmoqda.

Bir qator Premyer-liga klublari, jumladan, «Kristal Pelas» Job Bellingemga qiziqish bildirmoqda, ammo 18 yoshli futbolchi «Sanderlend» loyihasiga qiziqmoqda.

Transfermarkt portali mutaxassislari Job Bellingemni 12 million yevroga baholagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter