Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Gvardiola va Anchelotti o‘rtasida tanlov qildi

Ispaniya terma jamoasi boshqaruvchisi Luis de la Fuente ikki yulduzli murabbiydan qaysi biri o‘ziga yaqinroq ekanini aytdi. 63 yoshli mutaxassis Yevro-2024 boshlangunga qadar keng jamoatchilikka nisbatan unchalik tanish bo‘lmagan shaxs bo‘lib qoldi.

Turnirda ispanlar ko‘pchilikning fikricha, barcha ishtirokchi jamoalar orasida eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatib, yarim finalga chiqishdi.

Fransiyaga qarshi yarim final o‘yini oldidan OAV de la Fuentedan Yevropaning so‘nggi yillardagi eng muvaffaqiyatli ikki murabbiyi o‘rtasida qiyin tanlov qilishni so‘radi: «Pep Gvardiolami yoki Karlo Anchelottimi? Anchelotti», – dedi de la Fuente.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter