Shvarser: «Sardorlik maqomi Mbappening terma jamoadagi ishtirokiga xalaqit beryapti»

Mark Shvarser sardorlik maqomi Kilian Mbappening terma jamoadagi ishtirokiga xalaqit berishini aytdi.

Guruh bosqichining birinchi uchrashuvida Avstriyaga qarshi o‘yinda burnini sindirib, keyin niqobda o‘ynagan fransiyalik forvard Yevro-2024 da 4ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi – Polsha darvozasiga penaltidan.

«Ba’zi sardorlar yaxshi harakat qilishsa, boshqalari sardorlik bog‘ichi ma’suliyatini yengish uchun kurashayotganini avval ham ko‘rganmiz.

Uning matbuot anjumanlarini eshitib, shunday deb o‘ylaysiz: «To‘g‘risi, buni aytishga arzimaydi. U sheriklarini qo‘llab-quvvatlashi, ular qanchalik yaxshi ekanligi, qanchalik fantastik ekanligi, hammasi yaxshi bo‘lishi haqida gapirishi kerak, aksincha: Yo‘q, ular yaxshi emas edi deyishi kerak.

Menimcha, bu jamoa ruhiyati uchun yomon», – deydi Avstraliya, “Midlsbro” va “Chelsi”ning sobiq darvozaboni.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter