Shveysariya ustozi Angliya terma jamoasini ogohlantirdi

Shveysariya terma jamoasi ustozi Murat Yakin 2024 yilgi Yevropa chempionati chorak finalida Angliya terma jamoasi bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

«Biz nemislar bilan teng kurash olib bordik va Italiyani mag‘lub etdik. Nega endi inglizlarni mag‘lub eta olmasligimiz kerak? Shveysariya terma jamoasi hozir ajoyib formada. Raqibimizga qarshi kuchli kurash olib boramiz. Jamoamiz o‘z imkoniyatlariga ishonadi. Shveysariya Angliyaga muammo tug‘diradi», – dedi Yakin UYEFA matbuot xizmatiga.

Angliya va Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi, o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter