Grimaldo: «Yamalda g‘ayritabiy iste’dod bor»

Ispaniyaning chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldo jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lgan vinger Lamin Yamalning iste’dodini yuqori baholadi.

«Yamalda g‘ayritabiiy iste’dod bor. Murabbiy yosh futbolchilarga katta ishonch bildirdi. U ulardan ishonch bilan o‘ynashni so‘raydi. Laminning iqtidori katta rol o‘ynaydi, ammo uning rivojlanishiga murabbiy ham hissa qo‘shgan», – dedi Grimaldo Barca Universal bilan suhbatda.

O‘tgan mavsumda 16 yoshli Yamal «Barselona» tarkibida Ispaniya chempionatida 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yevro-2024da Lamin to‘rtta o‘yinda ikkita golli uzatma qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter