Gvardiola «Manchester Siti»ga «Atletiko» posbonini olib kelmoqchi

«Manchester Siti» jamoasining birinchi raqamli posboni Ederson Morayes o‘rniga yangi darvozabon izlay boshladi. Braziliyalik darvozabon Saudiyaning «An-Nasr» klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

Todofichajes nashri xabariga ko‘ra, Sloveniya terma jamoasi va Madridning «Atletiko» klubi darvozaboni Yan Oblak «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning e’tiboriga tushgan.

Avvalroq matbuotda 31 yoshli futbolchi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Sloveniyalikning transfer narxi 28 million yevroga baholanmoqda. Uning «matraschilar» bilan shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.

2024 yilgi Yevropa chempionatida Oblak Sloveniya terma jamoasi bilan birgalikda 1/8 finalga chiqdi va uning jamoasi Portugaliyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter