Oblak Portugaliya terma jamoasini tabrikladi
Sloveniya terma jamoasi darvozaboni Yan Oblak jamoasi Yevro-2024’ni tark etganidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
“Afsuski, bu ish bermadi. Bu yerdagi atmosfera shunchaki hayratlanarli va bu hozir uni yanada qiyinlashtiradi.
Qo‘shimcha vaqtda nima bo‘lganini hamma ko‘rdi. Gol urishimiz mumkin edi, lekin omadimiz kelmadi. Yakunda Portugaliya haqli ravishda g‘alaba qozondi, tabriklayman. Albatta, biz natijadan mamnun emasmiz, biz chorak finalga chiqish uchun katta kuch sarflagandik”, — deya Oblak so‘zlarini keltiradi BBC.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/