«An-Nasr» APLning yana bir yulduzini jamoaga olib kelmoqchi

«Vest Xem» yarim himoyachisi Lukas Paketa yozda Angliyani tark etishi mumkin.

26 yoshli futbolchi noqonuniy pul tikish tufayli muammolarga duch kelmoqda va diskvalifikasiyaga duch kelmoqda. Ishonchli xabarlarga ko‘ra, Paketa «bolg‘achilar» bilan ijara shartnomasi bo‘yicha muzokara olib borayotgan «Flamengo»ga qaytishi mumkin, biroq braziliyalikda boshqa variant bor. Jurnalist Rudi Galettining yozishicha, “An-Nasr” ham futbolchiga da’vo qilmoqda. Saudiya klubi hozircha rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q, ammo ehtimoliy transfer haqida ma’lumot so‘ragan.

Yaqinda OAVda «An-Nasr»ning boshqa braziliyalik, «Manchester Siti» darvozaboni Ederson bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter