«Napoli» ikki himoyachi transferini hal qildi

«Napoli» ikki himoyachi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, parfenopiyaliklar Rafa Marinning transferiga «Real»dan rozilik olgan. Shartnoma qayta sotib olish imkoniyatini nazarda tutadi.

Transfer shartlari kelishib olindi, ispaniyalik futbolchi yangi jamoasining mavsumoldi mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

«Napoli» yana Italiya terma jamoasi himoyachisi Alessandro Buondjornoni sotib olish borasida «Torino» bilan kelishib oldi, biroq futbolchining o‘zi bilan hammasi ham kelishib olinmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter