Klinsmann Shveysariyaga qarshi o‘yindan oldin Angliyani ogohlantirdi
Mashhur germaniyalik sobiq futbolchi Yurgen Klinsmann 2024 yilgi Yevropa chempionati 1/8 finali doirasidagi Angliya va Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Britaniyaliklar bu Yevroda boshqacha o‘ynashga harakat qilishlari kerak. Balki ular 4-4-2 sxemasidan foydalanishar. Menimcha, bu ishlashi mumkin. Sautgeyt jamoasi chorak finalda barcha davrlardagi eng yaxshi Shveysariya termasi bilan to‘qnash keladi. Angliyaga oson bo‘lmaydi, menimcha, Slovakiya bilan bo‘lgandan ham qiyinroq bo‘ladi», – dedi Klinsmann The Sun bilan suhbatda.
6 iyul, shanba kuni Dyusseldorfdagi stadionda Angliya va Shveysariya o‘rtasidagi Yevropa chempionati chorak final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/