Mendyetta: «Turklar g‘alabaga loyiq edi»
1/8 finalning so‘nggi o‘yinida Turkiya terma jamoasi Avstriya terma jamoasini mag‘lub etdi. “Valensiya” va “Barselona”ning sobiq futbolchisi Gaiska Mendyetta bu muvaffaqiyatni munosib deb hisoblaydi.
«Menimcha, Turkiya g‘alabaga loyiq edi. Ular yaxshiroq o‘ynashdi va maydonning eng yaxshi jamoasi bo‘lishdi. Uchrashuv oxirida ham tartibsizlik kuzatilmadi. Ular tezda gol urishdi, bu esa o‘yinni o‘zgartirdi», deydi ispaniyalik sobiq futbol yulduzi.
Turkiya va Niderlandiya o‘yini 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Turkiya milliy terma jamoasi 2008 yildan keyin tarixida ikkinchi marta Yevropa chempionatida chorak finalga chiqdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/