«Borussiya D» hujumchisi boshqa klub bilan muzokara olib bormoqda
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Sebastyan Aller faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
30 yoshli futbolchi “Beshiktosh”ning transfer maqsadiga aylangan. Jurnalist Rudi Galettining yozishicha, Istanbul klubi ivuarlik futbolchi uchun «asalarilar» bilan muzokaralarni boshlab yuborgan, hujumchining o‘zi bilan ham muzokaralar olib borilmoqda. “Beshiktosh” rahbariyati transfer amalga oshishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.
Sebastyan Aller o‘tgan mavsumda «Borussiya Dortmund» safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining narxini 10 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/