Paragvay terma jamoasi ustozi Vinisiusning xatti-harakatlaridan norozi bo‘ldi

Paragvay terma jamoasi bosh murabbiyi Daniel Garnero Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Juniorning Amerika Kubogi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuv (1:4) vaqtidagi xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi.

«Uning o‘yin uslubi borki, raqiblar bilan kelisha olmaydi. Ammo buning uchun hakam bor. Hakamlar chegaralarni belgilashi kerak. Vinisius o‘zi xohlagancha o‘ynaydi», – dedi Garnero Marca bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Paragvay – Braziliya o‘yinida Vinisius raqib futbolchilari bilan bir necha bor to‘qnash keldi. 83-daqiqada 23 yoshli hujumchi sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun ogohlantirildi.

Ikki o‘yindan so‘ng Braziliya D guruhida to‘rt ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter