Dzanyolo uchun kurashdagi favorit klub nomi ma’lum bo‘ldi

Hujumkor yarim himoyachi Nikolo Dzanyolo yozgi transfer oynasida Italiya futboliga qaytishi mumkin.

TodoFichajes portalining o‘z sahifalarida xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi uchun kurashda “Fiorentina” favorit hisoblanadi.

Manbaning xabariga ko‘ra, «binafsharanglilar» allaqachon Dzanyoloning transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Nikologa «Atalanta» ham qiziqish bildirmoqda. Ammo «Fiorentina» futbolchini qo‘lga kiritishga yaqinroq.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter