Belgiyalik muxlislar De Bryuyneni haqorat qildi
Belgiya terma jamoasi Ukraina bilan 0:0 hisobida durang o‘ynab, Yevropa chempionati 1/8 finaliga yo‘l oldi.
Domeniko Tedesko shogirdlari o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, Fransiya bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.
Ukrainaga qarshi o‘yin yakunida belgiyalik futbolchilar ochiqchasiga vaqt o‘tkazishdi va «qizil iblislar» sardori Kevin de Bryuyne burchak zarbalari vaqtida vaqt cho‘zishga harakat qildi.
Belgiyalik ishqibozlar jamoaning bunday o‘yinini qadrlashmadi – ular o‘yinchilarni so‘kishni boshladi.
Belgiya terma jamoasi muxlislari final hushtagi yangragach, De Bryuyneni haqorat qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/