Tedesko: «Yosh futbolchilar uchun katta rejam bor»

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko Yevropa chempionati saralash o‘yinida Avstriya ustidan qozonilgan g‘alaba (3:2) haqida fikr bildirdi.

“Yoshlarimiz bilan faxrlanamiz. Ayrimlari birinchi marta terma jamoada o‘ynadi. Bu futbolchilar uchun katta rejalarim bor. Bu muvaffaqiyat butun Belgiya uchun juda muhim. Bugun oson bo‘lmadi», – deya Tedeskoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Belgiya «F» guruhida 16 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Avstriya ikkinchi o‘rinda (13 ochko).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter