Yevro-2024. Ruminiyaning 1/8 finaliga chiqish imkoniyatlari qanday?
Bugun Yevropa chempionatining «E» guruhi 3-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va unda Slovakiya va Ruminiya terma jamoalari to‘qnash kelishadi. Ruminiya qanday natija qayd etsa guruhdan chiqishi mumkinligi haqida fikr yuritamiz.
G‘alaba Ruminiyani guruhdagi kuchli ikki o‘rindan biri bilan 1/8 finalga olib chiqadi. Durang ikkala jamoaga ham mos keladi, chunki to‘rt ochko hatto uchinchi o‘rindan ham guruhdan chiqish imkonini beradi. Agar Ruminiya mag‘lub bo‘lsa-da, parallel o‘yin natijasiga ko‘ra uchinchi o‘rinda qolsa, to‘plar farqi va «F» kvartetidagi natijalarga qarab guruhdan chiqish imkoniyati saqlanib qoladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/