Feliksda Roberto Martines bilan muammo bormi?
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Joau Feliks bosh murabbiy Roberto Martines bilan mojaro bo‘lgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
«Men bu xabarni o‘qidim va bu ochiq-oydin yolg‘on, aks holda men hozir bu yerda bo‘lmagan bo‘lardim. Bu menga, murabbiyga va butun jamoaga nisbatan hurmatsizlikning yana bir ko‘rinishi.
Ba’zida mening professionalligim shubha ostiga olinadi, lekin ba’zi narsalar shunchaki uydirma. Murabbiyning qarorlarini hurmat qilaman, u tarkibni tanlaydi. Suhbatlashdik va men unga jamoaga kerak bo‘lganda doim yordam berishdan xursand bo‘lishimni aytdim», – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/