«Barselona» Chempionship klubi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

«Barselona» yozgi transferlar vaqtida o‘z tarkibini kuchaytirish ustida ishlamoqda.

Relevo nashri xabariga ko‘ra, «Xall Siti» sharafini himoya qilayotgan vinger Jeyden Filodjin-Baydeys Kataloniya klubining nishonadi.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» «Xall Siti» bilan Djeyden Filodjin-Baydeysni sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olish borasida allaqachon aloqalarni boshlagan.

Djeyden Filodjin-Baydeys o‘tgan yilning kuzidan beri «Xall Siti»da o‘ynab kelmoqda. «Yo‘lbarslar» safida 32 ta o‘yinda vinger 12 ta gol urdi va jamoadoshlari uchun 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Filodjin-Baydeysni 15 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter