Portugaliya termasi ustozi «Barsa»ga yordam bermoqda
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines «Barselona»ga qo‘l keladigan qaror qabul qilmoqda, deya xabar berdi «Sport» nashri.
Manbaga ko‘ra, Martinesning hujumchi Joau Feliksni zaxirada qoldirish qarori uning narxi pasayishiga sabab bo‘ladi. Kataloniyaliklar shu orqali Feliksni yo to‘liq sotib oladi yo yana bir mavsumga ijaraga olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Yevroda allaqachon ikki tur yakunlangan bo‘lsa ham Joau Feliks hali bir daqiqa ham maydonda harakat qilmadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/