Vengriya terma jamoasi hujumchisi uchun Yevro-2024 yakunlandi

Yevropa Chempionatining A guruhi 3-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 23 iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Vengriya Shotlandiyaga qarshi harakat qilib, so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga (1:0) 3 ochko egasiga aylandi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida to‘p uchun kurashayotgan Vengriya terma jamoasi hujumchisi Varga Barnabash darvoza yaqinida Shotlandiya darvozaboni Aenjus Gunn bilan to‘qnashib ketdi. Vengriya futbolchisi o‘rnidan tura olmadi va hushini yo‘qotdi.

M4 Sport xabariga ko‘ra, futbolchi shifoxonada hushiga kelgan va gaplasha olgan.

O‘yindan so‘ng Vengriya ustozi Marko Rossi Varga uchun turnir yakunlanganini ma’lum qildi.

«Uning ahvoli barqaror, deb eshitdik. U shifoxonada kuzatuv ostida. Biz uning yuz suyagi singanini bilamiz. Vargaga operasiya kerakmi yoki yo‘qligini bilmaymiz, lekin u bu Yevroda o‘ynamasligi aniq. Eng muhimi — u bilan hammasi joyida, — deydi Marko Rossi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Barnabash Varganing yuzidagi bir nechta suyaklar singan, uning miyasi ham chayqalgan. Hujumchining ahvoli stabil ammo katta ehtimol bilan operasiya qilinadi. U tunni Shtutgart kasalxonasida o‘tkazgan.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter