«Yuventus» shvesiyalik futbolchini sotib olmoqchi

«Yuventus» Emil Xolmni sotib olishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, “Atalanta” “Spesiya”dan ijaraga olingan himoyachini sotib olmaydi, turinliklar esa uning transferi bo‘yicha muzokara olib borishga harakat qilishi mumkin.

Shvesiya terma jamoasi futbolchisi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun «byankoneri»lar 24 yoshli futbolchini sotib olib, «Jenoa»ga ijaraga berishi mumkin.

Joriy mavsumda Xolm A seriyada 22 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter