«Chelsi» Bundesliga klubi to‘purarini sotib olmoqchi

«Chelsi» «Xoffenxaym»ning eng yaxshi to‘purarini sotib olishi mumkin.

London klubi Maksimilian Bayerga alohida qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Sky Sports jurnalisti Florian Plettenberg. So‘nggi kunlarda «ko‘klar» 21 yoshli forvard haqida ma’lumot yig‘ishdi.

Futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli taxminan 30 million yevroni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, “Chelsi” futbolchi uchun kurashda hali yetakchi emas. Unga boshqa bir qancha Premyer-liga klublari qiziqish bildirmoqda va Maksimilianning o‘zi «ideal taklif» olgan taqdirdagina hozirgi jamoasini tark etadi;

O‘tgan mavsumda Bundesligada Bayer 33 ta o‘yinda 16 ta gol urib, «Xoffenxaym»ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter