Niderlandiya so‘nggi 44 yildagi antirekordni o‘rnatdi

21 iyun kuni Germaniyaning Leypsig shahridagi «Red Bull-Arena — Sentralshtadion» stadioni maydonida 2024 yilgi Yevropa chempionati guruh turniri “D” guruhidan o‘rin olgan Fransiya hamda Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi 2-tur uchrashuvi yakuniga yetdi. O‘yin 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.

Opta Sport statistik portaliga ko‘ra, Niderlandiya to‘pga egalik qilish bo‘yicha Yevrodagi eng yomon o‘yinini o‘tkazgan – 37% (1980 yildan beri statistika).

“D” guruhida to‘rt ochkoga ega Niderlandiya peshqadamlik qilmoqda. Fransiya terma jamoasi (4) ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Avstriya uchinchi o‘rinda (3), Polsha esa to‘rtinchi o‘rinda (0).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter