Nagelsmann Germaniya terma jamoasining jismoniy holati bo‘yicha fikr bildirdi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jamoaning jismoniy holati haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Yevropa chempionatining 1-turida Germaniya terma jamoasi Shotlandiyani 5:1 hisobida mag‘lub etgandi.

«Bu meni unchalik bezovta qilmaydi. Bizda o‘yinlar oralig‘ida yaxshi tanaffuslar bor. Albatta, mavsum uzoq bo‘ldi, lekin barcha jamoalar teng sharoitda edi. Futbolchilar yaxshi formada va yaxshi taassurot qoldirishmoqda», – dedi Nagelsman Bayern & Germany bilan suhbatda.

Ikkinchi turda Germaniya terma jamoasi Vengriya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter