Keyn: «Bellingemning pozisiyasidagi o‘yinchilar uchun gol urish juda muhim»

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn jamoadoshi Jud Bellingemning o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Yevro-2024 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Serbiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda aynan «Real Madrid» yarim himoyachisi yagona gol muallifi bo‘ldi.

«Bellingem – aql bovar qilmaydigan futbolchi. U hozir oladigan barcha maqtovlarga loyiqdir. Gap uning o‘yin uslubi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi, uchrashuvning borishiga ta’sir o‘tkaza olishida.

Uning pozisiyasidagi o‘yinchilar uchun gol urish juda muhim va u buni uddalaydi», dedi «uch sherlar» sardori.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter