Desham murabbiy va futbolchi sifatida Jahon chempionati va yevroni birinchi bo‘lib yutish imkoniyati haqida gapirdi

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham futbolchi va murabbiy sifatida jahon chempionati va Yevropa chempioni bo‘lgan birinchi shaxs bo‘lish imkoniyati haqida gapirdi. Desham futbolchi sifatida ikkala turnirda ham g‘olib chiqqan, shuningdek, terma jamoani JCH-2018’da murabbiy sifatida g‘alabaga olib chiqqan.

«Yo‘q, bu motivasiya emas. Maqsad – biz erishgan va nimaga qodir ekanligimiz nuqtai nazaridan Fransiya jamoasi. Chempionlar ligasi kabi musobaqalarda bo‘lgani kabi dastlab g‘alaba qozonishga intiladigan boshqa davlatlar ham bor. Har yili yetti-sakkizta jamoa o‘z oldiga g‘alaba qozonishni maqsad qilib qo‘yadi va faqat bitta jamoa buni uddalay oladi. Bu yerda ham xuddi shunday», – deya Desham so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Fransiya termasi Avstriya, Polsha va Niderlandiya jamoalarini o‘z ichiga olgan D guruhida o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter