«Yuventus»ning sobiq futbolchisi: «Ronaldu klubga kelganida ego bor edi»
Turinning “Yuventus” klubi sobiq yarim himoyachisi Sami Xedira hujumchi Krishtianu Ronalduning professionalligi haqida gapirdi.
«Ronaldu «Yuventus»ga kelganida o‘ziga hos egosi bor edi. U bilan mashg‘ulotlar sifati yangi bosqichga ko‘tarilgandek edi. Darvozaga zarba berayotgan har bir futbolchi gol urishni xohlardi. Krishtianuning ichida raqobatbardosh ruh bor, lekin shuni ham aytmoqchimanki, u bilan suhbatlashish yoqimli edi», – deydi Xedira.
Sami va Krishtianu 2018 yildan 2021 yilgacha «keksa sinyora» tarkibida birga o‘ynashgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/