Messi: «G‘alaba qozonish tobora qiyinlashib bormoqda»

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi «albiseleste» chempionlik sharafini himoya qiladigan Amerika Kubogi boshlanishidan oldin fikr bildirdi.

«G‘alaba qozonish tobora qiyinlashib bormoqda. Har doimgidek, bor kuchimizni ishga solamiz, natijaga erishishga intilamiz. Ammo bu qiyin bo‘ladi, chunki o‘yinlar murakkablashib bormoqda. Bu qiyin bo‘ladi, lekin biz yana Amerika kubogida g‘alaba qozonishga harakat qilamiz», – dedi Messi Clarin bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi Amerika Kubogi finalida Argentina terma jamoasi Braziliyani minimal 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. O‘yin Braziliyaning «Marakana» stadionida bo‘lib o‘tgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter