Myuller Germaniya terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha uchinchi o‘ringa ko‘tarildi

14 iyun, juma kuni Germaniya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionati guruh bosqichida Shotlandiya terma jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

74-daqiqada «Bavariya» yarim himoyachisi Tomas Myuller jamoadoshi Jamol Musiala o‘rniga maydonga tushdi. 34 yoshli futbolchi uchun bu o‘yin terma jamoa libosidagi 130-o‘yin bo‘ldi.

Myuller Germaniya terma jamoasi safida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Undan faqat jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar Miroslav Kloze (136) va Lotar Matteus (150) ko‘proq o‘ynagan.

Navbatdagi uchrashuvda Yulian Nagelsmann shogirdlari 23 iyun kuni Shveysariyaga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter