SSKA hujum chizig‘iga yangi futbolchi olib kelmoqchi

SSKA «Aris» hujumchisi Artyom Shumanskiyni sotib olmoqchi. Bu haqda Kiprning «24SportsCY» nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchining transfer narxi 1,5 milliondan 1,7 million yevrogacha bo‘ladi. Transfer kelasi hafta e’lon qilinishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda Artyom Shumanskiy Kiprning «Aris» safida barcha turnirlarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan. «Transfermarkt» internet portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 400 ming yevroni tashkil qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter