«Nyukasl» hujumchisini sotmoqchi

Angliyaning «Nyukasl» klubi ushbu transfer oynasida o‘z hujumchisi Migel Almiron bilan xayrlashishga tayyor. 

Daily Mirror xabariga ko‘ra, «zag‘izg‘onlar» paragvaylik futbolchini 25 million yevroga baholamoqda.

«Nyukasl» Almiron bo‘yicha takliflarni tinglaydi va yaxshi pul olsa, futbolchini sotadi. «Zag‘izg‘onlar» boshqa transferlarni moliyalashtirish uchun ba’zi o‘yinchilarni sotmoqchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter