Ten Xag «Manchester Yunayted» rahbariyatidan hafsalasi pir bo‘ldi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag murabbiyning kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan rahbariyatning qilmishidan hafsalasi pir bo‘ldi.
The Telegraph xabariga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis kelajagi borasidagi noaniqlik yozgi transfer kampaniyasiga ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirda. Ten Xagning fikricha, jamoadagi hozirgi vaziyat butun kelasi mavsumni xavf ostiga qo‘yadi, buning uchun «MYU» kerakli yangi futbolchilarni jalb qilish orqali to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
Avvalroq Ten Xag hali ham ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. «Manchester Yunayted» uning o‘rniga turli mutaxassislarni ko‘rib chiqmoqda, biroq hozircha ustuvor nomzod yo‘q.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/