Yevro-2024’da ishtirok etadigan 31 yoshdan oshgan futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzib chiqildi

«Football365» internet portali 31 yoshdan oshgan futbolchilardan tashkil topgan 2024 yilgi Yevropa chempionatining ramziy terma jamoasini taqdim etdi.

Jamoa tarkibida Germaniya terma jamoasidan uch nafar, Niderlandiyadan ikki nafar vakil, shuningdek, Xorvatiya, Portugaliya, Belgiya, Angliya va Polshadan bir nafardan futbolchi bor.

31 yoshdan oshgan futbolchilardan iborat Yevro-2024 ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Manuel Noyer (38 yosh, Germaniya).

Himoyachilar: Kayl Uoker (34 yosh, Angliya), Virdjil van Deyk (32 yosh, Niderlandiya), Antonio Ryudiger (31 yosh, Germaniya), Deyli Blind (34 yosh, Niderlandiya).

Yarim himoyachilar: Toni Kroos (34 yosh, Germaniya), Luka Modrich (38 yosh, Xorvatiya), Kevin De Bryoyne (32 yosh, Belgiya), Antuan Grizmann (33 yosh, Fransiya).

Hujumchilar: Robert Levandovski (35 yosh, Polsha), Krishtianu Ronaldu (39 yosh, Portugaliya).

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter