Gvardiola: «Eng yaxshi yechim topishga harakat qilamiz»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola himoyachi Joau Kanseluning kelajagi haqida gapirdi.

Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumni “Barselona”da ijara asosida o‘tkazdi.

«Biz «Barselona» bilan gaplashamiz va eng yaxshi yechim topishga harakat qilamiz. Agar Joau «Barselona»da qolishni istasa va klublar kelishuvga erisha olsa, Kanselu yana u yerda o‘ynaydi», – dedi Gvardiola.

2023/24 yilgi mavsumda Kanselu barcha turnirlarni hisobga olgan holda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Kanseluning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter