Chexiyalik futbolchi ehtiyotsizlik oqibatida olgan jarohat tufayli Yevro-2024ni o‘tkazib yuboradi

Chexiya terma jamoasi futbolchisi Mixal Sadilek jarohat tufayli Yevropa chempionatida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.

«Tvente» yarim himoyachisi velosipeddan yiqilib tushishi oqibatida jarohat oldi. To‘pig‘idan olgan jarohat sababli Sadilek muhim turnirni o‘tkazib yuboradi. Mixal Yevro-2024 qaydnomasidan o‘rin olgandi.

Germaniyada turnir 14 iyun kuni start oladi va musobaqa bir oy davom etadi.

Manba: football24.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter